JSX va Props — komponentlarga ma'lumot uzatish
DarslarWeb dasturlash
JSX va Props — komponentlarga ma'lumot uzatish
JSX sintaksisining o'ziga xos xususiyatlari, props orqali ma'lumot uzatish va map bilan ro'yxat chizish.
55 daqiqa
React — Dars 3
JSX va Props
HTML'ga o'xshash, lekin JS kuchiga ega sintaksis. Komponentlarga ma'lumot uzatish.
JSXpropsmapkey
Dars rejasi
6 ta mavzu
1. 01JSX nima?
2. 02JSX qoidalari
3. 03JS ifodalari { } ichida
4. 04Props — ma'lumot uzatish
5. 05map bilan ro'yxat
6. 06key prop — nega kerak?
1. JSX nima?
JSX — JavaScript XML. JS ichida HTML yozish imkoniyati. Brauzer uni to'g'ridan-to'g'ri tushunmaydi — Vite/Babel kompilyatsiya qiladi.
JSX va uning kompilyatsiyasi
1// Siz yozgan JSX
2const element =
Salom
3
4// Brauzer ko'radigan JS
5const element = React.createElement(
6 "h1",
7 { className: "sarlavha" },
8 "Salom"
9);
10
11// Ikkalasi ham bir xil natija beradi
2. JSX qoidalari
1. Bir nechta element — bitta wrapper kerak
1// ❌ XATO — ikki element
2function Salom() {
3 return (
4
Salom
5
Xush kelibsiz
6 );
7}
8
9// ✅ TO'G'RI — div ichida
10function Salom() {
11 return (
12
13
Salom
14
Xush kelibsiz
15
16 );
17}
18
19// ✅ YOKI Fragment <> </>
20function Salom() {
21 return (
22 <>
23
Salom
24
Xush kelibsiz
25 </>
26 );
27}
2. class → className, for → htmlFor
1// HTML'da
2
3
4
5// JSX'da (class JS kalit so'z!)
6
7
3. Self-closing teglar
1// HTML'da bo'lishi mumkin
2
3
4
5
6// JSX'da — majburiy self-close
7
8
9
4. camelCase atributlar
1// HTML: kichik harf
3
4// JSX: camelCase
3. JS ifodalari { } ichida
Figurali qavs — JS hududiga kirish
1function Salom() {
2 const ism = "Ali";
3 const yosh = 17;
4 const rasm = "/avatar.jpg";
5
6 return (
7
8
Salom, {ism}!
9
Yosh: {yosh}
10
Keyingi yili: {yosh + 1}
11
12
13 {/* Ifoda — ha. Deklaratsiya — yo'q */}
14
{yosh >= 18 ? "Voyaga yetgan" : "Bola"}
15
{ism.toUpperCase()}
16
17 {/* Komment — shunday yoziladi */}
18
19 );
20}
4. Props — ma'lumot uzatish
Props (properties) — komponentga tashqaridan beriladigan «argumentlar». HTML atributlariga o'xshaydi. Faqat o'qish uchun (read-only).
Props — asosiy misol
1// Komponent — props qabul qiladi
2function Salom(props) {
3 return
Salom, {props.ism}!
4}
5
6// Ota komponent — props beradi
7function App() {
8 return (
9
10 <Salom ism="Ali" />
11 <Salom ism="Vali" />
12 <Salom ism="Hasan" />
13
14 );
15}
Destructuring — tozaroq yozish
1// Oddiy
2function ProfilKarta(props) {
3 return (
4
5
{props.ism}
6
{props.yosh} yosh
7
{props.kasb}
8
9 );
10}
11
12// Destructuring bilan (tavsiya)
13function ProfilKarta({ ism, yosh, kasb }) {
14 return (
15
16
{ism}
17
{yosh} yosh
18
{kasb}
19
20 );
21}
22
23// Ishlatish
24<ProfilKarta ism="Ali" yosh={17} kasb="Dasturchi" />
Turli xil props
1function Tugma({ matn, rang, kattalik, faol }) {
2 return (
7 {matn}
8
9 );
10}
11
12// String — qo'shtirnoq
13// Son/bool/obyekt — figurali qavs
14<Tugma
15 matn="Bosing"
16 rang="#fbbf24"
17 kattalik="12px 20px"
18 faol={true}
19/>
5. map bilan ro'yxat
Massivdan ro'yxat chizish uchun .map() ishlatiladi. JSX ichida ham bemalol.
1function Royxat() {
2 const mevalar = ["Olma", "Anor", "Banan", "Uzum"];
3
4 return (
5
6 {mevalar.map((meva, index) => (
7
{meva}
8 ))}
9
10 );
11}
Obyektlar massivi — real misol
1function UserRoyxati() {
2 const userlar = [
3 { id: 1, ism: "Ali", yosh: 17, kasb: "Dasturchi" },
4 { id: 2, ism: "Vali", yosh: 22, kasb: "Dizayner" },
5 { id: 3, ism: "Hasan", yosh: 30, kasb: "Rassom" },
6 ];
7
8 return (
9
10 {userlar.map(user => (
11 <ProfilKarta
12 key={user.id}
13 ism={user.ism}
14 yosh={user.yosh}
15 kasb={user.kasb}
16 />
17 ))}
18
19 );
20}
6. key prop — nega kerak?
key — har bir ro'yxat elementiga berilgan unique identifikator. React uni elementlarni «tanib» olish uchun ishlatadi. Tez va silliq yangilanish uchun.
1// ❌ YOMON — index ishlatish
2{items.map((item, i) =>
{item}
3
4// ✅ YAXSHI — unique id
5{items.map(item =>
{item.nom}
6
7// Nega? Ro'yxat o'zgarganda (o'chirish, qo'shish, tartib)
8// index qayta hisoblab chiqiladi — React chalkashadi.
9// id esa element bilan birga qoladi.
Props va map — jonli
Natijajonli
Kichik test
0 / 5
1.JSX'da class atributi qanday yoziladi?
2.JSX ichida JS ifodasi qanday yoziladi?
3.Props nima?
4.Ro'yxat chizishda nima ishlatiladi?
5.key prop nima uchun?
Mustaqil ish
0 / 6