Margin, padding, display va box model

DarslarWeb dasturlash

Margin, padding, display va box model

display turlari, tashqi va ichki bo'shliq, CSSning muhim tushunchasi — box model va overflow.

30 daqiqa
CSS — Dars 3

Bo'shliq, Box Model va Overflow

Elementlar orasidagi bo'shliqlarni boshqaring va CSSning eng muhim tushunchasini tushunib oling.

marginpaddingdisplayoverflow

Dars rejasi

5 ta mavzu
  1. 01Display — element qanday ko'rinadi?
  2. 02Margin — tashqi bo'shliq
  3. 03Padding — ichki bo'shliq
  4. 04Box model — CSSning yuragi
  5. 05Overflow — sig'magan kontent

1. Display — element qanday ko'rinadi?

Har bir HTML element default holda biror ko'rinishga ega. display xossasi buni boshqaradi. 3 ta asosiy qiymat bor:

block

Butun qatorni egallaydi. Har biri yangi qatordan boshlanadi. width va height berish mumkin. Misol: <div>, <p>, <h1>.

inline

Faqat o'z kontenti qadar joy oladi. Yangi qatorga o'tmaydi. width/height berib bo'lmaydi. Misol: <span>, <a>, <strong>.

inline-block

inline va block aralashmasi. Yangi qatorga o'tmaydi (inline kabi), lekin width/height berish mumkin (block kabi). Juda qulay.

1.a { display: block; }
2.b { display: inline; }
3.c { display: inline-block; }
Display turlarini solishtiring
Natijajonli

2. Margin — tashqi bo'shliq

margin — element va boshqa elementlar ORASIDAGI bo'shliq. Ya'ni elementni atrofidagi havo.

1/* Barcha tomonga */
2.a { margin: 20px; }
3
4/* Yuqori va past, chap va o'ng */
5.b { margin: 10px 20px; }
6
7/* Yuqori, o'ng, past, chap (soat yo'nalishida) */
8.c { margin: 10px 20px 30px 40px; }
9
10/* Alohida tomonlar */
11.d {
12 margin-top: 10px;
13 margin-right: 20px;
14 margin-bottom: 10px;
15 margin-left: 20px;
16}

3. Padding — ichki bo'shliq

padding — elementning ICHIDAGI bo'shliq. Ya'ni chegara va kontent orasidagi havo. Yozilishi xuddi margin kabi.

1.karta {
2 padding: 16px; /* 4 tomondan */
3 padding: 16px 24px; /* tepa-past, chap-o'ng */
4 padding: 8px 12px 16px 12px;
5}
Margin va Padding farqi
Natijajonli

4. Box Model — CSSning yuragi

CSSda har bir element — bu quti. Uning 4 qismi bor (ichdan tashqariga):

  1. Content — asosiy kontent (matn, rasm).
  2. Padding — kontent va chegara orasidagi bo'shliq.
  3. Border — chegara.
  4. Margin — boshqa elementlar bilan orasidagi bo'shliq.
Box Model vizual
Natijajonli
1/* Bu qoida deyarli HAR BIR loyihaning boshida turadi: */
2* {
3 box-sizing: border-box;
4}
5
6/* Endi width aynan 200px bo'ladi, padding va border ichiga oladi */
7.quti {
8 width: 200px;
9 padding: 20px;
10 border: 2px solid black;
11}

5. Overflow — sig'magan kontent

Agar element ichidagi kontent qutiga sig'masa, uni qanday ko'rsatish kerak? Shuni overflow boshqaradi:

  • visible — default. Kontent qutidan chiqib ketadi.
  • hidden — sig'magan qismi yashirinadi.
  • scroll — doim scroll chiziqchasi ko'rinadi.
  • auto — faqat kerak bo'lganda scroll chiqadi.
1.quti {
2 width: 200px;
3 height: 100px;
4 overflow: auto;
5}
Overflow turlarini ko'ring
Natijajonli

Kichik test

0 / 5

1.Margin qayerdagi bo'shliq?

2.Qaysi display turi yangi qatordan boshlanmaydi va width qabul qiladi?

3.Box model tarkibi qaysi?

4.box-sizing: border-box; nima qiladi?

5.Kontent qutidan chiqib ketmasligi uchun overflow qanday qilinadi?

Mustaqil ish

0 / 7