Transform, Transition va calc()

DarslarWeb dasturlash

Transform, Transition va calc()

Elementlarni aylantirish, kattalashtirish, siljitish va silliq o'tish effektlari. Matematik hisob-kitob — calc() funksiyasi.

35 daqiqa
CSS Advanced — Dars 9

Harakat va silliq o'tishlar

Element aylansin, kattalashsin va silliq harakatlansin. Bu zamonaviy saytlarning siri.

transformtransitionscalecalc()

Dars rejasi

3 ta mavzu
  1. 01Transform — aylantirish va o'zgartirish
  2. 02Transition — silliq o'tish
  3. 03calc() — matematik hisob

1. Transform

transform — elementni aylantirish, kattalashtirish, siljitish yoki qiyshaytirishga imkon beradi. Qutining o'zi joyidan ko'chmaydi, faqat vizual ko'rinish o'zgaradi.

  • translate(x, y) — siljitish (translateX, translateY).
  • scale(x, y) — kattalashtirish/kichiklashtirish (scale(1.2) = 20% katta).
  • rotate(deg) — aylantirish (rotate(45deg)).
  • skew(x, y) — qiyshaytirish.
1.k1 { transform: translateY(-10px); }
2.k2 { transform: scale(1.2); }
3.k3 { transform: rotate(15deg); }
4.k4 { transform: translate(20px, -10px) rotate(5deg) scale(1.1); }
Transform galereyasi
Natijajonli

2. Transition

transition — bir qiymatdan boshqasiga o'tishni SILLIQ qiladi. Masalan, hover paytida rang yoki o'lcham silliq o'zgaradi.

1.tugma {
2 background: #2563eb;
3 transition: all 0.3s ease;
4}
5
6.tugma:hover {
7 background: #1e40af;
8 transform: translateY(-3px);
9}
  • transition: xossa vaqt egri-chiziq kechikish;
  • Xossa — qaysi xossa o'zgaradi (all, background, transform).
  • Vaqt — 0.3s, 500ms.
  • Egri-chiziq — ease, linear, ease-in-out.
  • Kechikish — boshlanishidan oldingi kechikish.
Transitionsiz va transitionli
Natijajonli

3. calc() — matematik hisob

calc() — CSS ichida matematika! Qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish mumkin. Eng foydalisi — turli o'lchov birliklarini aralashtirish.

1.konteyner {
2 width: calc(100% - 40px); /* butun kenglikdan 40px ayrilgan */
3 height: calc(100vh - 60px); /* oyna balandligidan navbar olib tashlangan */
4 padding: calc(1rem + 4px); /* rem va px birga */
5 margin-left: calc(50% - 150px);
6}
calc() misoli
Natijajonli

Kichik test

0 / 5

1.Elementni 45 gradusga aylantirish uchun qaysi transform?

2.Elementni 20% kattalashtirish uchun qaysi qiymat?

3.Transition qaysi holatga yoziladi?

4.calc() ichida to'g'ri yozilishni tanlang.

5.Transition effekti sekinroq bo'lishi uchun qaysi qiymat o'zgartiriladi?

Mustaqil ish

0 / 6