Rasm, havola, ro'yxat va izohlar
DarslarWeb dasturlash
Rasm, havola, ro'yxat va izohlar
Sahifaga rasm qo'yish, boshqa saytga havola yaratish, ro'yxatlar va izohlar.
25 daqiqa
HTML — Dars 2
Rasm, havola, ro'yxat va izohlar
Sahifangizga rasm, havola va ro'yxat qo'shishni o'rganasiz. Bonus: izohlar.
Dars rejasi
4 ta mavzu
1. 01Rasm qo'yish —
2. 02Havola yaratish —
3. 03Ro'yxatlar —
4. 04Izohlar (comments)
1. Rasm qo'yish
Sahifaga rasm qo'yish uchun  tegi ishlatiladi. Uning ikki muhim atributi bor: src (rasm manzili) va alt (rasmning qisqa ta'rifi).
1
src — bu rasm qayerdaligini aytadi. U internetdagi URL yoki kompyuteringizdagi fayl bo'lishi mumkin. alt — agar rasm yuklanmasa yoki ko'zi ojiz foydalanuvchi sahifani o'qisa, nimani aytish kerakligini bildiradi.
Rasmni sinang
Natijajonli
2. Havola yaratish
Havola (link) — boshqa sahifaga yoki saytga o'tish uchun ishlatiladi.  tegi yordamida yaratiladi. href atributi — qayerga olib borishini bildiradi.
1Google'ga o'tish
Havolani yangi oynada ochish uchun target="_blank" atributini qo'shish mumkin:
1YouTube (yangi oynada)
Havolalarni sinang
Natijajonli
3. Ro'yxatlar
HTMLda ikki xil ro'yxat bor: tartibsiz (nuqta bilan) va tartibli (raqamlangan).
Tartibsiz ro'yxat —
(unordered list) nuqtali ro'yxat yaratadi. Har bir element
(list item) teg ichida yoziladi.
1
2
Olma
3
Nok
4
Banan
5
Tartibli ro'yxat —
(ordered list) raqamlangan ro'yxat yaratadi. Qoida bir xil — har bir element
ichida.
1
2
Birinchi qadam
3
Ikkinchi qadam
4
Uchinchi qadam
5
Ro'yxatlarni sinang
Natijajonli
4. Izohlar (comments)
2
Men dasturchiman
3
5
Izohlarni sinang
Natijajonli
Kichik test
0 / 4
1.Rasm qo'yish uchun qaysi teg ishlatiladi?
2.Havolaning manzili qaysi atributda yoziladi?
3.Raqamlangan ro'yxat uchun qaysi teg ishlatiladi?
4.Izoh qanday yoziladi?
Mustaqil ish
0 / 6