GitHub — kod uchun ijtimoiy tarmoq

DarslarWeb dasturlash

GitHub — kod uchun ijtimoiy tarmoq

GitHub'da ro'yxatdan o'tish, repo yaratish, push/pull, README, va kodni butun dunyoga ko'rsatish.

50 daqiqa
Git/GitHub — Dars 2

GitHub — kod uchun uy

Kodingizni bulutga yuklang, jamoa bilan ishlang, portfoliongizni qo'shing. GitHub — har bir dasturchining vizit kartasi.

repopushpullREADME

Dars rejasi

7 ta mavzu
  1. 01Akkaunt ochish
  2. 02Birinchi repository
  3. 03Kompyuterdan GitHub'ga push qilish
  4. 04Clone va pull — kodni yuklab olish
  5. 05README — loyihaning vizit kartasi
  6. 06Branches va Pull Request
  7. 07GitHub Pages — bepul hosting

1. Akkaunt ochish

  1. github.com saytiga kiring.
  2. «Sign up» tugmasini bosing.
  3. Email, parol va username (loyihalaringizda ko'rinadi) kiriting.
  4. Emailga kelgan koddan foydalanib tasdiqlang.
  5. Profilingizga rasm va qisqa bio qo'shing.
Terminal
1# Email'ingizni GitHub'dagi bilan bir xilda sozlang (agar oldin boshqacha bo'lgan bo'lsa)
2git config --global user.email "github-email@example.com"

2. Birinchi repository

Repository (qisqacha «repo») — bu sizning loyihangizning GitHub'dagi uyi. Kod, tarix, README — hammasi shu yerda.

  1. Yuqori o'ng burchakdagi + belgisi → «New repository».
  2. Repository name: masalan, my-first-site.
  3. Description (ixtiyoriy): loyihaning qisqa tavsifi.
  4. Public (hamma ko'radi) yoki Private (faqat siz) tanlang.
  5. «Add a README file» belgisini qo'ying — bu boshlang'ich fayl.
  6. «Create repository» tugmasini bosing.

3. Kompyuterdan GitHub'ga push qilish

Push — kompyuterdagi kodni GitHub'ga yuborish. Pull — GitHub'dan kompyuterga tortib olish. Asosiy ikki harakat.

Terminal
1# Loyihangizga kiring (git init allaqachon qilingan bo'lsin)
2cd mening-saytim
3
4# GitHub'dagi repo bilan bog'lash (URL GitHub sahifasida ko'rinadi)
5git remote add origin https://github.com/sizning-ism/mening-saytim.git
6
7# Branch nomini main qilish
8git branch -M main
9
10# Birinchi push
11git push -u origin main
12
13# Keyingi push'lar uchun qisqacha:
14git push

git push

Kompyuterdagi kommitlarni GitHub'ga yuboradi.

git pull

GitHub'dagi yangi o'zgarishlarni kompyuterga tortib oladi.

origin

GitHub'dagi reponing taxallusi. Odatda shunday nomlanadi.

-u bayrog'i

«Kelajakda ham shu branch bilan ishla» degani. Bir marta beriladi.

4. Clone va pull — kodni yuklab olish

Kimdir GitHub'ga kod qo'yibdi va siz uni kompyuteringizga olmoqchisiz? Yoki o'zingizning boshqa kompyuteringizga loyihani ochmoqchimisiz? Ikki usul bor.

Terminal
1# 1. Birinchi marta yuklab olish — clone
2git clone https://github.com/user/repo.git
3cd repo
4
5# 2. Keyin yangilanishlarni olish — pull
6git pull
7
8# 3. O'zingizning o'zgarishlaringizni yuborish
9git add .
10git commit -m "O'zgartirish"
11git push

5. README — loyihaning vizit kartasi

README.md — GitHub repo'ga kirgan har bir kishi avval ko'radigan fayl. Loyihaning nomi, tavsifi, qanday ishlatilishi shu yerda bo'ladi. Markdown (.md) tilida yoziladi — juda oson.

README.md
1# Mening saytim
2
3Bu mening HTML va CSS'da qilgan birinchi loyiham.
4
5## Xususiyatlar
6
7- Responsive dizayn
8- Dark mode
9- Mobile-first yondashuv
10
11## Ishlatish
12
131. Repo'ni clone qiling:
14 ```bash
15 git clone https://github.com/ali/mening-saytim.git
16 ```
172. index.html'ni brauzerda oching.
18
19## Demo
20
21Sayt: [ali-mening-saytim.vercel.app](https://example.com)
22
23## Muallif
24
25**Ali Valiyev**[@ali-dev](https://github.com/ali-dev)

# Sarlavha

# — H1, ## — H2, ### — H3. Oddiy va tushunarli.

**jirnoy**

**so'z** — jirnoy (qalin). *so'z* — qiyshiq.

- ro'yxat

Punktlar uchun -, raqamli ro'yxat uchun 1. 2. 3.

[havola](url)

[Ko'rinadigan matn](https://misol.uz) — klikable havola.

6. Branches va Pull Request

Branch — bu alohida yo'l. Asosiy kodni (main) buzmay, yangi feature uchun alohida shoxda yozasiz. Tayyor bo'lgach — Pull Request orqali main'ga qo'shasiz.

Branch bilan ishlash
1# Yangi branch yaratib, unga o'tish
2git checkout -b yangi-tugma
3
4# ... kod yozish ...
5
6git add .
7git commit -m "Yangi tugma qo'shildi"
8
9# GitHub'ga yuborish
10git push -u origin yangi-tugma
11
12# GitHub sahifada endi «Compare & pull request» tugmasi chiqadi
  1. Branch yarating

    git checkout -b feature-nomi bilan yangi shoxga o'tasiz.

  2. Ishni qiling va push qiling

    Odatdagi add → commit → push sikli.

  3. GitHub'da Pull Request oching

    «Compare & pull request» tugmasi → tavsif yozing → «Create».

  4. Kod ko'rib chiqiladi (review)

    Jamoadoshlar izoh qoldiradi, siz tuzatasiz.

  5. Merge qilinadi

    «Merge pull request» — kodingiz main'ga qo'shiladi.

7. GitHub Pages — bepul hosting

Saytingizni bepul internetga qo'yishning eng oson usuli. Bir necha bosishda — o'z domeningiz: username.github.io/repo-nomi.

  1. GitHub'dagi repo sahifasiga kiring.
  2. Settings → pastga scroll qiling → «Pages».
  3. Source: «Deploy from a branch» tanlang.
  4. Branch: main, papka: / (root). «Save».
  5. 1-2 daqiqa kuting — yuqorida yashil havola chiqadi.
  6. Shu havola — sizning internetdagi saytingiz!

Kichik test

0 / 5

1.Repository nima?

2.Kompyuterdagi kodni GitHub'ga yuborish uchun qaysi komanda?

3.README.md qaysi tilda yoziladi?

4.Pull Request nima?

5.GitHub'dagi loyihani birinchi marta kompyuterga olish uchun?

Mustaqil ish

0 / 7