Position va z-index
Elementlarni istagan joyga joylashtirish: static, relative, absolute, fixed, sticky va z-index orqali qatlamlarni boshqarish.
Elementlarni istagan joyga qo'ying
Position va z-index — saytda bildirishnoma, modal, sticky navigatsiya qilishning asosi.
Dars rejasi
6 ta mavzu1. Position — nima?
Default holda elementlar HTMLda yozilgan tartibda joylashadi. position xossasi bu qoidani o'zgartirib, elementni boshqa joyga qo'yish imkonini beradi.
- static — default (odatiy oqim, siljitib bo'lmaydi).
- relative — o'z joyidan siljitish mumkin.
- absolute — oqimdan chiqib, ota-elementga nisbatan joylashadi.
- fixed — ekranga nisbatan qotirib qo'yiladi.
- sticky — relative va fixed aralashmasi.
Siljitish uchun 4 ta yo'nalish ishlatiladi: top, right, bottom, left.
2. relative
Element O'Z JOYIDAN qancha siljishini belgilaydi. Atrofdagi elementlar uning joyini eslab qoladi.
1.quti {2 position: relative;3 top: 20px;4 left: 30px;5}3. absolute
Element oddiy oqimdan CHIQADI va yaqin ota-element (position: relative, absolute yoki fixed bo'lgan) ga nisbatan joylashadi. Agar bunday ota yo'q bo'lsa — butun sahifaga nisbatan.
4. fixed
Element brauzer oynasiga QOTIRIB qo'yiladi. Sahifa aylansa ham, u bir joyda turadi. Masalan: yuqoridagi navigatsiya, pastdagi chat tugmasi, cookie bildirishnomasi.
1.nav {2 position: fixed;3 top: 0;4 left: 0;5 right: 0;6 background: white;7 box-shadow: 0 1px 3px rgba(0,0,0,0.1);8}9
10.chat-btn {11 position: fixed;12 bottom: 20px;13 right: 20px;14}5. sticky
Element o'z joyida turadi, lekin foydalanuvchi shu joydan o'tib aylantirsa — fixed kabi yopishib qoladi. Bu hozirgi zamonaviy saytlarda navigatsiya uchun eng ko'p ishlatiladi.
1header {2 position: sticky;3 top: 0;4 background: white;5}6. z-index — qatlam raqami
Ekranning 2 o'lchovi bor: X (chap-o'ng) va Y (yuqori-past). z-index — 3-o'lchov, chuqurlik. Raqam qancha katta bo'lsa, element shuncha OLDINDA (tepada) turadi.
1.orqa {2 position: absolute;3 z-index: 1;4}5
6.oldin {7 position: absolute;8 z-index: 10;9}10
11.modal {12 position: fixed;13 z-index: 9999; /* hammadan oldinda */14}Kichik test
0 / 51.Position default qiymati qaysi?
2.Element sahifa aylantirilganda ham bir joyda turishi uchun qaysi position kerak?
3.absolute ishlatganda element qayerga nisbatan joylashadi?
4.z-index ishlashi uchun qanday shart bajarilishi kerak?
5.Navigatsiya sahifa aylanganda yuqoriga «yopishib qolishi» uchun qaysi position?