DarslarWeb dasturlash
Animatsiya — @keyframes va animation
Transition'dan keyin keyingi bosqich: @keyframes orqali to'liq animatsiya yaratish. Loader, puls va hover'siz harakatlanuvchi elementlar.
35 daqiqa
CSS Advanced — Dars 10
Animatsiya — elementlar o'z-o'zidan harakatlansin
Transition hover bilan ishlaydi, animation esa o'z-o'zidan ham.
@keyframesanimationinfiniteease-in-out
Dars rejasi
4 ta mavzu1. Transition va Animation farqi
- Transition: 1 holatdan 2-holatga o'tish (A → B). Hover kabi voqea kerak.
- Animation: bir necha holatdan o'tadi (A → B → C → A). O'z-o'zidan ishlaydi, qayta-qayta takrorlanishi mumkin.
2. @keyframes
@keyframes — animatsiya bosqichlari. from/to yoki foizlar bilan yoziladi.
1@keyframes bounce {2 0% { transform: translateY(0); }3 50% { transform: translateY(-30px); }4 100% { transform: translateY(0); }5}6
7/* Yoki qisqa: */8@keyframes fade {9 from { opacity: 0; }10 to { opacity: 1; }11}3. animation xossalari
- animation-name — @keyframes nomi.
- animation-duration — davomiyligi (2s, 500ms).
- animation-timing-function — egri chiziq (ease, linear, ease-in-out).
- animation-delay — boshlanishidan oldingi kechikish.
- animation-iteration-count — nechta marta (son yoki infinite).
- animation-direction — yo'nalish (normal, reverse, alternate).
1/* Qisqa qilib bitta qatorda: */2.top {3 animation: bounce 1s ease-in-out infinite;4}5
6/* Alohida alohida: */7.top2 {8 animation-name: fade;9 animation-duration: 2s;10 animation-delay: 0.5s;11 animation-iteration-count: infinite;12 animation-direction: alternate;13}4. Amaliy misollar
Asosiy animatsiyalar
Natijajonli
Loader spinner — batafsil
1.loader {2 width: 50px;3 height: 50px;4 border: 5px solid #e5e7eb;5 border-top-color: #2563eb;6 border-radius: 50%;7 animation: spin 1s linear infinite;8}9
10@keyframes spin {11 to { transform: rotate(360deg); }12}Tugmaga hover animatsiya
Hover bilan animatsiya
Natijajonli
Kichik test
0 / 51.Animatsiya bosqichlarini yozish uchun qaysi CSS at-rule ishlatiladi?
2.Animatsiya cheksiz takrorlansin desangiz qaysi qiymat?
3.Loader (aylanayotgan doira) qanday harakat bilan yasaladi?
4.Transition va Animation o'rtasidagi ASOSIY farq?
5.Animatsiya toq ketsa oldinga, juft ketsa teskari bo'lishi uchun?