CSS Grid va chiroyli formalar
Ikki o'lchovli joylashuv tizimi — CSS Grid, hamda zamonaviy chiroyli formalar dizayni.
Grid va chiroyli formalar
Grid bilan istagan layout'ni qurasiz. Forma esa — sayt va foydalanuvchi orasidagi ko'prik.
Dars rejasi
5 ta mavzu1. Grid nima?
CSS Grid — ikki o'lchovli (2D) joylashuv tizimi. Ya'ni qator va ustunlarni birga boshqarish mumkin. Flexbox — bir o'lchovli (1D), grid esa — ikki o'lchovli.
- Flexbox: bir qator YOKI bir ustun.
- Grid: bir vaqtda qator VA ustun. Jadval singari.
1.ota {2 display: grid;3 grid-template-columns: 1fr 1fr 1fr; /* 3 teng ustun */4 gap: 16px;5}2. grid-template-columns va rows
grid-template-columns — ustunlar soni va o'lchami. grid-template-rows — qatorlar.
1.a { grid-template-columns: 200px 200px 200px; } /* 3 ta 200px ustun */2.b { grid-template-columns: 1fr 2fr 1fr; } /* o'rtasi 2 baravar katta */3.c { grid-template-columns: 250px 1fr; } /* sidebar + asosiy */4.d { grid-template-rows: 60px 1fr 40px; } /* header, main, footer */3. gap va repeat()
1.grid {2 display: grid;3 grid-template-columns: repeat(4, 1fr); /* 4 ta teng ustun */4 gap: 20px; /* ham row, ham column */5}6
7/* Responsiv */8.grid-res {9 display: grid;10 grid-template-columns: repeat(auto-fill, minmax(250px, 1fr));11 gap: 16px;12}4. grid-column / grid-row — katak egallash
Bitta element bir nechta katakni egallashi mumkin. Buning uchun grid-column va grid-row ishlatiladi.
1.katta {2 grid-column: span 2; /* 2 ustun egallaydi */3 grid-row: span 2; /* 2 qator egallaydi */4}5
6/* Aniqroq: */7.hero {8 grid-column: 1 / 4; /* 1-chi chiziqdan 4-chi chiziqgacha */9}5. Chiroyli forma dizayni
Forma — foydalanuvchi bilan eng ko'p muloqot joyi. Uning chiroyli va qulay bo'lishi saytning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qiladi.
- Inputlar bir-biridan uzoq bo'lishi kerak (margin yoki gap).
- Label har doim inputning tepasida yoki chapida aniq ko'rinsin.
- :focus holatida input yorqin chegara olsin.
- Tugmalar katta va bosish oson bo'lsin.
Kichik test
0 / 51.Grid va Flexbox asosiy farqi?
2.3 ta teng ustun uchun eng oson yozuv qaysi?
3.Ekranga moslashuvchi avtomatik grid qolipi qaysi?
4.Element 2 ustunni egallashi uchun?
5.fr birligi nimani bildiradi?