HTML5 — to'liq qo'llanma

DarslarWeb dasturlash

HTML5 — to'liq qo'llanma

HTML5'ning barcha asosiy yangi teglari: semantik tuzilma, media, forma va grafikaga oid elementlar.

50 daqiqa
CSS Advanced — Dars 14

HTML5 — to'liq qo'llanma

Semantik teglar, audio/video, yangi input turlari, figure, details — hamma kuchli narsalar bir joyda.

<header><main><article><video><details>

Dars rejasi

8 ta mavzu
  1. 01Semantik teglar — sahifa skeleti
  2. 02<article>, <section>, <aside>
  3. 03<figure> va <figcaption>
  4. 04<audio> va <video>
  5. 05Yangi <input> turlari
  6. 06<details> va <summary>
  7. 07<progress>, <meter>, <mark>
  8. 08To'liq semantik sahifa

1. Semantik teglar — sahifa skeleti

HTML5 sahifani aniq qismlarga bo'ladi. Har bir qism o'z nomiga ega.

<header>

Sahifa yoki bo'limning yuqori qismi: logotip, asosiy sarlavha.

<nav>

Navigatsiya — menyular va havolalar to'plami.

<main>

Sahifaning asosiy, noyob mazmuni. Faqat bitta <main> bo'ladi.

<footer>

Pastki qism: mualliflik, aloqa, havolalar.

1<body>
2 <header>
3 <h1>Mening saytim</h1>
4 <nav>
5 <a href="/">Bosh</a>
6 <a href="/haqida">Haqida</a>
7 <a href="/aloqa">Aloqa</a>
8 </nav>
9 </header>
10
11 <main>
12 <!-- sahifaning asosiy qismi -->
13 </main>
14
15 <footer>
16 <p>© 2025 Mening saytim</p>
17 </footer>
18</body>

2. <article>, <section>, <aside>

  • <article> — mustaqil, alohida olib chiqish mumkin bo'lgan kontent. Masalan: blog posti, xabar, izoh.
  • <section> — tematik bo'lim. Masalan: «Xizmatlar», «Jamoa», «FAQ».
  • <aside> — yon kontent: reklama, aloqador havolalar, sidebar.
1<main>
2 <article>
3 <h2>Dasturlashni qanday boshlash kerak?</h2>
4 <p>Bugun biz frontend'dan boshlash haqida gaplashamiz...</p>
5 </article>
6
7 <aside>
8 <h3>O'xshash maqolalar</h3>
9 <ul>
10 <li><a href="#">CSS asoslari</a></li>
11 <li><a href="#">JavaScript kirish</a></li>
12 </ul>
13 </aside>
14</main>

3. <figure> va <figcaption>

figure — rasm, diagramma yoki kod bloki. figcaption — uning ostidagi izoh/nomi. Birga ishlaydi.

figure namunasi
Natijajonli

4. <audio> va <video>

HTML5'gacha audio va video qo'yish uchun Flash kerak edi. Endi esa <audio> va <video> teglari o'zi hammasini qiladi.

1<video src="film.mp4" controls width="600" poster="rasm.jpg">
2 Sizning brauzeringiz video'ni qo'llab-quvvatlamaydi.
3</video>
4
5<audio src="qoshiq.mp3" controls></audio>
6
7<!-- Bir nechta formatdan tanlash -->
8<video controls width="600">
9 <source src="film.mp4" type="video/mp4">
10 <source src="film.webm" type="video/webm">
11</video>

5. Yangi <input> turlari

HTML5 <input> uchun ko'plab yangi type'lar olib keldi — brauzer o'zi validatsiya qiladi va qulay klaviatura chiqaradi.

1<input type="email" placeholder="siz@mail.com">
2<input type="tel" placeholder="+998 90 123 45 67">
3<input type="url" placeholder="https://...">
4<input type="number" min="0" max="100" step="5">
5<input type="range" min="0" max="100">
6<input type="date">
7<input type="time">
8<input type="color">
9<input type="search" placeholder="Qidiruv...">
10<input type="password">
11<input type="file" accept="image/*">
Yangi input'lar
Natijajonli

6. <details> va <summary>

JavaScript siz ochilib-yopiladigan blok. FAQ va spoyler uchun ideal.

1<details>
2 <summary>Kurs qancha turadi?</summary>
3 <p>Kurs narxi oyiga 500 000 so'm.</p>
4</details>
FAQ bo'limi
Natijajonli

7. <progress>, <meter>, <mark>

  • <progress> — qandaydir ish qancha bajarilganini ko'rsatadi (yuklash, ro'yxat).
  • <meter> — ma'lum diapazondagi qiymatni ko'rsatadi (masalan, disk band).
  • <mark> — matnning ahamiyatli qismini «marker» bilan belgilaydi.
progress, meter, mark
Natijajonli

8. To'liq semantik sahifa

Endi hammasini birlashtirib, haqiqiy blog sahifasi skeletini ko'raylik.

index.html
1<!DOCTYPE html>
2<html lang="uz">
3<head>
4 <meta charset="UTF-8">
5 <title>Mening blogim</title>
6</head>
7<body>
8 <header>
9 <h1>Ali.dev</h1>
10 <nav>
11 <a href="/">Bosh</a>
12 <a href="/blog">Blog</a>
13 <a href="/haqida">Men haqimda</a>
14 </nav>
15 </header>
16
17 <main>
18 <article>
19 <header>
20 <h2>Dasturchilikni qanday boshladim</h2>
21 <p>15-yanvar, 2025</p>
22 </header>
23
24 <section>
25 <h3>Birinchi qadam</h3>
26 <p>Men HTML bilan tanishib boshlagan edim...</p>
27 </section>
28
29 <section>
30 <h3>Birinchi loyiha</h3>
31 <figure>
32 <img src="loyiha.png" alt="Birinchi sayt">
33 <figcaption>Mening birinchi HTML sahifam.</figcaption>
34 </figure>
35 </section>
36
37 <footer>
38 <p>Muallif: Ali Valiyev</p>
39 </footer>
40 </article>
41
42 <aside>
43 <h3>Aloqador postlar</h3>
44 <ul>
45 <li><a href="#">CSS'ni sevib qolishim</a></li>
46 </ul>
47 </aside>
48 </main>
49
50 <footer>
51 <p>© 2025 Ali.dev — Barcha huquqlar himoyalangan</p>
52 </footer>
53</body>
54</html>

Kichik test

0 / 5

1.Sahifada nechta <main> teg bo'lishi kerak?

2.Blog posti uchun qaysi teg mos?

3.JavaScript'siz ochilib-yopiladigan blok qaysi?

4.Video'ning nazorat tugmalarini chiqarish uchun qaysi atribut?

5.Rasmga tushuntirish matni berish uchun qaysi teg juftligi?

Mustaqil ish

0 / 7